Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 11-band. Aybdorning egaligida boʻlgan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilarini, shuningdek, pnevmatik…

Aybdorning egaligida boʻlgan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilarini, shuningdek, pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq qurolni (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlar, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, Jinoyat kodeksining 249-moddasi bilan qamrab olinadi va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan qushimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi. “Boshqa ogʻir oqibatlar” alomati har bir muayyan holatda ishning tafsilotlari majmuidan (imoratning portlashi, katta miqdordagi zararli moddalarning atmosferaga tarqalishi va shu kabilar) kelib chiqqan holda tergov va sud tomonidan hal qilinadi.