Shaxsning Jinoyat kodeksi 247 , 248 va 249-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdorligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda aybdordan olingan u yoki bu ashyolarning qonunga xilof ravishda egallaganlik, tayyorlaganlik, olganlik, olib yurganlik, saqlaganlik, oʻtkazganlik va beparvolik bilan saqlaganlik uchun qayd etilgan moddalarda javobgarlik koʻzda tutilgan oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga taalluqliligini tegishli ekspertiza oʻtkazish yoʻli bilan aniqlash kerak.