Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 8-band. Jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar…

Jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini tayyorlash deganda, ularni yasash yoki shikast yetkazish xususiyatlarini tiklash, shuningdek, qandaydir ashyo (masalan, raketnitsa, start va qurilish pistoletlari)ni qayta ishlash natijasida ularni oʻqotar qurol xususiyatiga keltirish tushunilishi lozim. Ashyoga shikast yetkazish xususiyatlarini berishga qaratilgan harakatlar aybdorga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra, oxirigacha yetkazilmagan boʻlsa, oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda tayyorlashga suiqasd qilish tariqasida kvalifikatsiya qilinmogʻi lozim. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini olish deb ularni sotib olishni, boshqa narsalarga almashtirib olishni, qarzga yoki hadyaga, qarzi evaziga olishni va hokazolarni hisoblamoq kerak. Saqlash deganda, oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini tegishli ruxsatnomasiz aybdorning egaligida: yonida, binoda, xufiya joylarda, transport vositalarida va boshqa yerlarda saqlash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday qasddan qilingan harakatlar tushunilmogʻi lozim. Fuqaroviy, xizmat qurolini, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurolni va uning oʻq-dorilarini shaxs tomonidan tegishli ruxsatnoma boʻlgan holda, ammo bu ruxsatnomaning muddati oʻtgan, hisobga qoʻyish qoidalari buzilgan vaziyatda saqlanayotgan boʻlsa, aybdor Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 221-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilishi kerak. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish