Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini olib yurish, saqlash yoki oʻtkazish mustaqil jinoyatlar ekanligini eʼtiborga olgan holda qayd etilgan ashyolarni qonunga xilof ravishda egallash va ularni kelgusida olib yurish, saqlash yoki oʻtkazish Jinoyat kodeksining 247 va 248-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning real yigʻindisini tashkil qiladi.