Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish…

Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qabul qilishda shuni nazarda tutish kerakki, arizada yangi ochilgan holatlarning mavjudligini tasdiqlovchi asoslar mavjud boʻlishi lozim. Arizaga zaruriy boʻlgan dalillar, xususan, koʻrsatilgan holatlar sanasini aniqlash imkonini beruvchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Bunday holatlarning aniqlanganlik kuni boʻlib, shu holatlarning arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan kun hisoblanadi. Agar yangi ochilgan holatlar hukm, sudning hal qiluv qarori, boshqa organning qarori bilan bogʻliq boʻlsa, unda yangi ochilgan holat sud hujjatlarini qabul qilish uchun asos boʻlgan holatga mazmunan qarama-qarshi hujjatlarning qonuniy kuchga kirgan kuni yoki hukm, hal qiluv qarori va qarorning qonuniy kuchga kirganligi arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan kun shu holat aniqlangan kun hisoblanadi.