Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish…

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sudga, agar sud hujjati apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hamda yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, ariza iqtisodiy sudning sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan tegishli instansiyasiga beriladi. Ushbu tartib buzilgan holda berilgan ariza IPK 331-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi. Agar koʻrsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng aniqlansa, ariza ish hujjatlari bilan birga tegishli instansiya sudiga yuboriladi IPK 328-moddasining birinchi — uchinchi qismlari , shuningdek 329-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza ishni koʻrish joyi va vaqti koʻrsatilgan ajrim chiqarish yoʻli bilan ish yuritishga qabul qilinadi. IPK 328-moddasining birinchi qismida belgilangan ariza berishning bir oylik muddati protsessual muddat boʻlib, agar ariza qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, ushbu muddat tiklanishi mumkin. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish haqida arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilishi lozim. Iltimosnoma qanoatlantirilgan va oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanganda bu haqida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. IPK 328-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtgach berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi, bundan IPK 327-moddasining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha berilgan arizalar mustasno. IPK 327-moddasining 1-bandida nazarda