Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 1-band. Shaxsni reabilitatsiya etish Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda — JPK…

Shaxsni reabilitatsiya etish Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda — JPK deb yuritiladi) 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan ayblovni tugatish, sudda oqlov hukmi chiqarish, jinoyat ishini tugatish kabi protsessual hujjatlar orqali amalga oshiriladi.