Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 10-band. Mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklash yuzasidan ariza jinoyat ishi…

Mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklash yuzasidan ariza jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqargan birinchi instansiya sudiga, reabilitatsiya etish toʻgʻrisida qaror chiqargan prokuror, tergovchi, surishtiruvchiga taqdim etiladi (JPK 306-moddasi ). Ish yuqori instansiya sudlari tomonidan tugatilgan, oqlov hukmi (ajrimi) chiqarilgan hollarda ham ariza birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.