Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 13-band. JPK 304-moddasi 2-qismining 3 , 4-bandlarida koʻrsatilgan mulkiy ziyon miqdorini…

JPK 304-moddasi 2-qismining 3 , 4-bandlarida koʻrsatilgan mulkiy ziyon miqdorini aniqlashda sudlar nafaqat jinoyat-protsessual qonunchiligi, balki fuqarolik qonunchiligi normalariga ham (FK 14-moddasi ) amal qilishlari lozim. Mulk nol qiymatda begonalashtirilgan yoki yoʻqotilgan hollarda mulkning baholangan qiymatidan kelib chiqiladi. Begonalashtirilgan yoki yoʻqotilgan mulkning qiymati zarur hollarda baholash ekspertizasi oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Mol-mulk begonalashtirilmagani aniqlangan taqdirda, ushbu mulk natura shaklida egasiga qaytariladi.