Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 19-band. Qonunga xilof ravishda ushlab turilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan, hukm…

Qonunga xilof ravishda ushlab turilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan, hukm qilingan yoki boshqa koʻrinishda jazo qoʻllangan yoxud jinoiy javobgarlikka tortilib, lavozimidan chetlashtirilgan yoki harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar reabilitatsiya qilinganida, shuningdek boshqa asoslarga koʻra ishdan boʻshatilganida harbiy xizmatga (lavozimga) tiklash va boshqa mulkiy ziyonni undirish masalasida harbiy sudlarga murojaat qilishga haqli.