Reabilitatsiya — bu asossiz jinoiy taʼqibga uchragan shaxsning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashdir. JPK 302-moddasiga muvofiq, reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda toʻxtatib turilgani, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilgani natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda maʼnaviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega, mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham tiklanishi lozim boʻladi.