Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklashga oid qonunchilikning sudlar tomonidan aniq qoʻllanishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari, ushbu masala yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishlari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish chorasini koʻrishlari lozim.