Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 8-band. Reabilitatsiya etilgan shaxs mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish…

Reabilitatsiya etilgan shaxs mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash toʻgʻrisidagi talab bilan tegishli korxona, tashkilot, muassasaga murojaat qilishi lozim. Korxona, tashkilot, muassasa tomonidan shaxsning bu toifadagi talabi qanoatlantirilmagan hollarda yoxud shaxs qabul qilingan qaror (buyruq, farmoyish va v.x.)ga rozi boʻlmasa, u tegishli tartibda (fuqarolik yoki maʼmuriy sud ish yurituvi tartibida) sudga murojaat qilishga haqli.