Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunga koʻra, jinoiy javobgarlikka faqat aqli raso, yaʼni jinoyat sodir etish vaqtida oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va oʻz harakatlarini boshqara olgan shaxs tortiladi. Aqli noraso holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi (JK 18-moddasi ). Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, yaʼni jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlari (harakatsizligi) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortiladi (JK 18¹-moddasi birinchi qismi ).