Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Jinoyat-protsessual kodeksi 566-moddasiga koʻra, bunday toifa ishlar boʻyicha sudlar…

Jinoyat-protsessual kodeksi 566-moddasiga koʻra, bunday toifa ishlar boʻyicha sudlar shaxs tomonidan jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganligini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillarni, shuningdek ishni hal etish uchun muhim boʻlgan boshqa holatlarni sinchiklab tekshirishlari shart. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari, faqat, ishi koʻrilayotgan shaxs tomonidan muayyan jinoyat belgilari mavjud ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganligi isbotlangan, shuningdek sud-psixiatriya ekspertizasining shaxs oʻzining ruhiy holati va u tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyatiga koʻra jamiyat uchun xavfli ekanligi hamda unga nisbatan u yoki bu turdagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishiga muhtojligi toʻgʻrisida JPK 568-moddasi talablariga javob beradigan xulosasi mavjud boʻlgan hollarda qoʻllanilishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi aniqlanganda sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatib, ishni jinoyat sodir etgan shaxsni aniqlash uchun prokurorga qaytaradi.