Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Aqli norasolik, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash, shifoxona turini…

Aqli norasolik, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash, shifoxona turini belgilash, shuningdek shaxsni sogʻliqni saqlash organlariga umumiy asoslarda davolash yoki ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish masalasini hal qilish uchun berish toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilish vakolati sudga tegishlidir. Shuning uchun ekspert-psixiatrlar xulosasi sud tomonidan ishda mavjud barcha materiallar majmuidan kelib chiqqan holda, sinchiklab baholanishi lozim.