Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 17-band. Sudlarga tushuntirilsinki, aqli noraso shaxs harakatiga faqat sodir etilgan qilmishning…

Sudlarga tushuntirilsinki, aqli noraso shaxs harakatiga faqat sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini tasdiqlovchi maʼlumotlar asosida huquqiy baho berilishi mumkin. Bunda koʻrib chiqilayotgan voqeaga bevosita aloqador boʻlmagan holatlar (shaxsning sudlanganlik holati, unga nisbatan muqaddam tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllanganligi va h.k.) inobatga olinmasligi kerak.