Qonunga muvofiq, psixiatriya statsionari yoki kuzatuv kuchaytirilgan boʻlinmasiga faqat oʻzining ruhiy holati va sodir etgan qilmishiga koʻra jamiyat uchun oʻta xavfli boʻlgan shaxslar joylashtirilishini inobatga olib, bunday choralar qoʻllayotganda sudlar uning ruhiy holati toʻgʻrisida ekspertlar bergan xulosaga hamda sodir etilgan qilmishning xususiyati (ijtimoiy xavfliligi, sodir etilish usuli, kelib chiqqan oqibatlar ogʻirligi) toʻgʻrisida sudda aniqlangan maʼlumotlarga asoslanishlari shart.