Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 26-band. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiya sudi tibbiy yoʻsindagi majburlov…

Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiya sudi tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻriligini tekshira turib, bunga asos boʻlgan taqdirda, birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishi yoki oʻzgartirishi, shu jumladan, qoʻllanilgan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi turini almashtirishi mumkin. Agar ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiya sudida koʻrish paytida ayblov hukmi chiqarilgan shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etganligi yoki uning ruhiy holati buzilganligi jinoyat sodir etilganidan keyin aniqlansa, bunday shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasi tegishli instansiya sudi tomonidan hal etiladi.