Savdo sohasidagi huquqbuzarliklar jamiyat uchun katta ijtimoiy xavf tugʻdirishini nazarga olib, sudlar, tergov va soliq organlarining eʼtibori bunday harakatlar uchun javobgarlik muqarrarligi prinsipiga qatʼiy rioya etishlari zarurligiga qaratilsin. Tovlamachilarga, talon-toroj, fuqarolardan nohaq yigʻimlar olish, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish bilan shugʻullanuvchi bozorlar, savdo komplekslari maʼmuriyatining xodimlariga, savdo qoidalarini buzuvchi, oʻta yuqori narxlarni sunʼiy ravishda saqlab turuvchi, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozorlardan siqib chiqaruvchi olib sotarlarga nisbatan qattiq jazolarni qoʻllash taʼminlansin.