Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsning tovar bozorlarida raqobatni cheklashga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlari “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi Qonunini buzish deb baholanishi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 178-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday harakatlarga quyidagilar kiradi: monopoliyaga qarshi organga va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni taqdim etish; monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, isteʼmolchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik; tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash, ularni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik; xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda hamda aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish boʻyicha bitimlar tuzishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish; raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni kelishib olingan holda sodir etish va bitimlarni tuzish, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, xuddi shuningdek tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzish; normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazish, shuningdek isteʼmolchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisida axborot taqdim etmaslik yoki bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish; yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonu