Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 3-band. Qanday boʻlmasin mulkiy manfaatdor boʻlish maqsadida tovarlarni bozorga erkin kirib…

Qanday boʻlmasin mulkiy manfaatdor boʻlish maqsadida tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga har qanday yoʻsinda toʻsqinlik qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqarish, oʻta yuqori narxlarni sunʼiy ravishda saqlab turish toʻgʻrisida talab qoʻyish va tovar egasiga, bozor maʼmuriyati yoki oʻzga shaxslarga nisbatan zoʻrlik ishlatish, ularni zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, mulkiga shikast yetkazish yoki mulkini nobud qilish bilan bogʻliq boshqa harakatlar tovlamachilik (reket) tariqasida Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmogʻi lozim. Tovlamachilik mulkiy manfaatdor boʻlish maqsadida talab qoʻyishda yoxud tovlamachi foydasiga mulkiy xarakterdagi harakatlarni sodir etishda (tovarni past narxda yoxud tekinga berishda, tovarni zoʻrlik ishlatib olib qoʻyishda va sh.oʻ.) ifodalanishi mumkin. Tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga, aybdorning zoʻrlik ishlatish toʻgʻrisidagi tahdidini amalga oshirgan boʻlishi shart boʻlmay, bunday talab qoʻyilishining oʻzi yetarlidir.