Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida 10-band. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash…

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Davolash muddati arizaga ilova qilinayotgan xulosada koʻrsatilishi shart. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish uchun qonunda belgilangan oʻn kunlik muddat hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish uchun qonunda belgilangan uch kunlik muddat ariza ish yuritishga qabul qilingan va ish qoʻzgʻatilgan kundan boshlab hisoblanadi.