Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza shaxs davolanishda boʻlgan muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Arizaga ilova qilinishi lozim boʻlgan xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi.