Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida 8-band. Qonunning 12²-moddasida , sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil…

Qonunning 12²-moddasida , sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanganligiga, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.