Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 11-band. Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro…

Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi boʻyicha nizolashilganda, sudlar isbotlash vositalariga yoʻl qoʻyilishi haqidagi FPK 74-moddasi qoidalaridan kelib chiqib, ish boʻyicha tegishli (psixologik) ekspertiza tayinlash masalasini muhokama qilishlari lozim. Sudlar yuqorida qayd etilgan asos boʻyicha nizolashilayotgan bitimni muomalaga layoqatsiz fuqaro tomonidan tuzilgan bitimdan farqlashlari lozim, bunda birinchi holatdan farqli ravishda daʼvo muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning manfaatini koʻzlab uning homiysi yoki prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.