Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 16-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 52-moddasi talabiga asoslanib, garov shartnomasini haqiqiy emas deb topishga yoʻl qoʻyilmaydi, chunki mazkur qonun majburiy ijro davomida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.