Oldi-sotdi shartnomasi uning ishtirokchilari uchun oʻzaro huquq va majburiyatlarni vujudga keltirishi bois mazkur shartnomaning haqiqiyligini qonunda belgilangan asoslar boʻyicha faqatgina shartnoma ishtirokchilari hamda shartnoma obyektining mulkdorlari nizolashishga haqlidirlar. Shartnomaning haqiqiyligi manfaatdor shaxs tomonidan oldi-sotdi shartnomasida kelishilgan summaning u tomonidan toʻlanganligi asosi boʻyicha nizolashilayotganda, bu holat oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻla olmaydi.