Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oldi-sotdi shartnomasida mulk bahosi shartnomaning majburiy shartlaridan biri boʻlib, bu faqat mazkur bitimning haq evaziga tuzilganligidan dalolat beradi. Shu sababli mulkning haqiqiy qiymati oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan qiymatdan yuqori boʻlishi notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻla olmaydi, FKning 123-moddasida koʻrsatilgan ogʻir holatlarning yuz berishi taʼsirida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bundan mustasno.