Bitimlar tuzish va ularning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ushbu toifadagi ishlar FKning 9-bobida nazarda tutilgan, yaʼni fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltiruvchi bitimlar haqidagi qoidalar hamda ayrim bitim turlarini tartibga soluvchi FK va maxsus qonun normalari asosida hal qilinadi. Bunda: a) FKning 103-moddasiga muvofiq bir taraflama bitimlarga nisbatan ham majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar qoʻllaniladi; b) FKning 9-bobida nazarda tutilgan ikki va koʻp tomonlama bitimlar (shartnoma)ga taalluqli qoidalar FKning 26 , 27 , 28-boblarida nazarda tutilgan shartnomalar tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish haqidagi qoidalar bilan toʻldiriladi.