Umumiy mulkdagi ulushini sotuvchi boshqa mulkdorga oʻz ulushini sotmaslik maqsadida mulk bahosini atayin yuqori koʻrsatishi va u sotib olishni rad etganidan keyin boshqa shaxsga past bahoda sotganligi holatining aniqlanganligi imtiyozli sotib olish huquqi buzilganligiga olib keladi va uning oqibati Oʻzbekiston Respublikasi FKning 224-moddasi 4-qismini qoʻllash uchun asos boʻladi. Sudlarning eʼtibori umumiy mulkda boʻlgan ulushni kimoshdi savdosi orqali sotish hollariga nisbatan FKning 224-moddasi qoidalari qoʻllanilmasligiga qaratilsin.