Sudlarga tushuntirilsinki, FKning 224-moddasi 3-qismida belgilangan, imtiyozli sotib oluvchi koʻchmas mulkni sotib olish uchun bir oy davomida, boshqa mol-mulkka nisbatan esa oʻn kun davomida mulkni sotib olish toʻgʻrisidagi taklifni qabul qilishi mumkin, bu muddat unga, xabar qilingan kundan hisoblanib, huquqiy mohiyatiga koʻra umumiy daʼvo muddatidan farq qilib, toʻxtatilishi, uzaytirilishi va tiklanishi mumkin emas.