Er yoki xotindan biri qimmatli qogʻozlar (taqdim etuvchiga deb berilgan aksiyalardan tashqari) bilan bogʻliq bitimlarni uning roziligi olinmasdan tasarruf etilganligi asosida nizolashganda, sudlar er-xotinning mulk huquqlari va majburiyatlarini tartibga soluvchi Oila kodeksi qoidalarida er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki obyekti sifatida aksiyalarni tasarruf qilish tartib va shartlari koʻrsatilmaganligini nazarda tutishlari lozim. Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisidagi qonunchilik aktlariga muvofiq qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tuzish tomonlarning xohish-irodalarini qayd etishga imkon beradigan hujjat shaklida boʻlib, u mohiyatiga koʻra, faqatgina qimmatli qogʻozlar boʻyicha huquqni roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.