Sudlarning eʼtibori FPKning 166-moddasi va IPKning 131-moddasi talablariga muvofiq, taraflar protsessning istalgan bosqichida, shuningdek ijro bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqli ekanligiga qaratilsin. Ijro bosqichida sud hujjati boʻyicha tuzilgan kelishuv bitimi ijro hujjatini bergan yoki ijro amalga oshirilayotgan joydagi tegishli sud tomonidan, boshqa organlar hujjatlari boʻyicha esa davlat ijrochisi joylashgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan tasdiqlanadi.