Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 2-band. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 138-moddasi , Fuqarolik protsessual…

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 138-moddasi , Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 16-moddasi , Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 15-moddasi , Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 16-moddasiga muvofiq sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Sud hujjati ijroga qaratilishining muhim sharti uning qonuniy kuchga kirishi hisoblanadi. Binobarin, sud hujjati qonuniy kuchga kirgan va shu asosda ijro varaqasi berilgandan soʻng kelib tushgan apellyatsiya shikoyati (protesti)ning shikoyat berish muddati tiklanib, u ish yurituvga qabul qilinsa, sudning muddatni tiklash va apellyatsiya shikoyat (protest)ini qabul qilish haqidagi ajrimida sud hujjatining ijrosini toʻxtatish masalasi ham FPK 409-moddasining 3-bandi , IPKning 271-moddasi , MSIYUtKning 212-moddasi qoidalariga mos holda hal qilinishi lozim.