Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 3-band. Shuni nazarda tutish lozimki, sud qonun boʻyicha quyidagi hollarda har bir qaror boʻyicha…

Shuni nazarda tutish lozimki, sud qonun boʻyicha quyidagi hollarda har bir qaror boʻyicha bitta ijro varaqa berish lozimligi toʻgʻrisidagi qoidadan chekinishi mumkin, agar: sud hujjati bir necha undiruvchi foydasiga chiqarilgan boʻlsa; sud hujjatida bir necha qarzdordan undiruv nazarda tutilgan boʻlsa; sud hujjati turli joylarda ijro etilishi lozim boʻlsa. Agar, sherik javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan boʻlsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi koʻrsatilishi va sherik javobgar ekanligi koʻrsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab oʻtilishi kerak.