Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari va natijasi boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga hamda ish va materiallarning sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻliq va xolisona koʻrilishini taʼminlashga qaratilgan choralar koʻrishlari lozim.