OK 27-moddasining oltinchi va yettinchi qismlariga koʻra, voyaga yetmagan bolalar ehtiyoji uchun olingan narsalar (kiyim-kechak, oyoq kiyim, maktab va sport anjomlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar), shuningdek er-xotinning umumiy mol-mulki hisobidan voyaga yetmagan bolalari nomiga qoʻyilgan omonatlar ham bolalarga tegishli hisoblanib, er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda hisobga olinmaydi hamda mazkur mol-mulklar bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.