Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Agar er-xotin nikohdan ajratilgunga qadar oilaviy munosabatlarni tugatgan, yaʼni alohida…

Agar er-xotin nikohdan ajratilgunga qadar oilaviy munosabatlarni tugatgan, yaʼni alohida yashagan va oʻz mablagʻlaridan alohida foydalangan, umumiy mablagʻlari hisobiga mol-mulk olmagan boʻlsalar, sud OK 27-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, er yoki xotinning biri tomonidan oilaviy munosabatlar tugatilgan davrda orttirilgan mol-mulkni ulardan har birining oʻz mulki deb topishi va faqat er-xotin tomonidan oilaviy munosabatlar tugatilgan vaqtga qadar orttirilgan mol-mulkni boʻlishi mumkin. Oilaviy munosabatlar tugatilgandan keyin orttirilgan mol-mulkni er yoki xotinning oʻz mulki deb topish toʻgʻrisida qarshi daʼvo berilishi shart emas.