Nikoh davrida er yoki xotindan har biriga tegishli boʻlgan mol-mulkning qiymati ancha oshgan boʻlsa, ushbu mol-mulk manfaatdor er yoki xotinning talabi boʻyicha sud tomonidan birgalikdagi mulk deb topilishi mumkin. Bunday talabni hal etishda mol-mulkning qiymati qanday mablagʻlar, yaʼni umumiy mol-mulk, er-xotindan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga ancha oshganligi, shuningdek mol-mulkning nikohga qadar va nikoh davrida mablagʻ qoʻshilgandan keyingi holati aniqlanishi lozim (OK 25-moddasining ikkinchi qismi ).