Oila kodeksining 155-moddasi talabiga muvofiq oʻn yoshga toʻlgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab etiladi va bunday rozilik berilganligi vasiylik va homiylik organi yoki ishni koʻrish vaqtida sud tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda, sud bolaga farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari (qarindoshlari bilan koʻrishish, mulkiy va boshqa nizolar), uning familiyasi, ismi va ota ismi tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlarning oʻzgarishi tushunarli holda bayon qilingan boʻlishi lozimligiga eʼtibor qaratishi lozim.