Sud farzandlikka olishni bekor qilish vaqtida bolaning moddiy yordamga muhtojligini aniqlasa, sobiq farzandlikka oluvchi zimmasiga uning taʼminoti uchun mablagʻ toʻlash majburiyatini yuklashga haqli. Bunday holda bolaning moddiy taʼminoti uchun mablagʻ undirish sud tomonidan sobiq farzandlikka oluvchining va undiruvchining moddiy va oilaviy sharoitlarini hisobga olib, qatʼiy summada amalga oshiriladi.