Nazarda tutmoq lozimki, farzandlikka olishning bekor qilinishiga farzandlikka olingan bola voyaga yetguniga qadar, yaʼni oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Shu bilan birgalikda, farzandlikka olinuvchi voyaga yetganidan keyin ham farzandlikka olish bekor qilinishiga faqatgina farzandlikka olinuvchining xulq-atvori farzandlikka oluvchilarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti va sogʻligiga xavf solayotgan hollardagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.