Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 1-band. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 71-moddasiga koʻra, fuqarolik ishi boʻyicha dalillar…

Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 71-moddasiga koʻra, fuqarolik ishi boʻyicha dalillar deganda, taraflar oʻz talablari va eʼtirozlarini asoslayotgan holatlar, shuningdek ishning toʻgʻri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa har qanday holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sud qonunda belgilangan tartibda aniqlashi uchun asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumotlar tushuniladi. Bu maʼlumotlar quyidagilardan olinishi mumkin: taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlaridan; guvohlar koʻrsatuvlaridan; yozma va ashyoviy dalillardan; raqamli dalillardan; ekspertlar xulosalaridan; mutaxassislar maslahatlari (tushuntirishlari)dan.