Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Protsessual qonun talablariga muvofiq, dalillarni taqdim etish va isbotlash majburiyati…

Protsessual qonun talablariga muvofiq, dalillarni taqdim etish va isbotlash majburiyati taraflarga yuklatilgan. Shu bilan birga sudlar nazarda tutishlari lozimki, qonunda dalillarni taqdim etish majburiyatini taqsimlashga oid umumiy qoidalardan tashqari, ayrim toifadagi ishlar uchun maxsus qoidalar ham belgilangan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 111 , 120 , 146 , 154 , 174 , 395-moddalariga muvofiq, muddatli mehnat shartnomasini tuzishning asosliligi, ishga qabul qilishni rad etishning qonuniyligi, xodimning ish beruvchi bilan boshqa joyga koʻchib oʻtishni rad etganligi, xodimni ishdan chetlashtirishning qonuniyligi, mehnat shartnomasi bekor qilinishining qonuniyligi, ikki yoshga toʻlmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimni boshqa ishga oʻtkazish mumkin emasligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Shu bilan birga, xodim vakolatli davlat organlarining talabiga koʻra ishdan chetlashtirilgan hollarda esa xodimni ishdan chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan tegishli davlat organining zimmasiga yuklatiladi. Zarar yetkazishda aybi yoʻqligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish majburiyati esa, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga muvofiq javobgarga yuklatiladi.