Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir taraf tomonidan boshqa taraf oʻz talab yoki…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir taraf tomonidan boshqa taraf oʻz talab yoki eʼtirozlarini asoslayotgan faktlarning tan olinishi, faktlari tan olingan tarafni bu faktlarni isbotlash majburiyatidan ozod qiladi. Shu bilan birga, agar bunday faktlarga nisbatan sudda shubha paydo boʻlsa, ular umumiy asoslarda isbotlanishi lozim (FPK 81-moddasi ).