Muqaddam qabul qilingan sud hujjati bekor qilinganidan soʻng ishni qaytadan koʻrishda, agar yangi sud majlisida guvohning ishtirok etishi imkoni boʻlmasa (betobligi oqibatida, uzoq xizmat safari va boshqalar) sud ilgarigi sud majlisida soʻroq qilingan guvohning koʻrsatuvlarini, shuningdek oldingi sud majlislarida daʼvoni taʼminlash (FPK 78-moddasi ) va sud topshirigʻi (FPK 103 , 104-moddalari ) tartibida olingan yozma dalillarni oʻqib eshittirishga va boshqa dalillar majmuida baholashga haqlidir. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, mazkur qoida taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.