Sudlar bunday toifadagi ishlar boʻyicha qonunga xilof xatti-harakatlar va salbiy ijtimoiy holatlarni keltirib chiqarayotgan hamda bunga sabab boʻlayotgan omillarni (masalan, ruhiy holati buzilgan shaxsning nazoratsizligi, ichkilikbozlik yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilish, ularning muomalada boʻlish holatlari) aniqlaganda, ularning oldini olish choralarini koʻrish maqsadida xususiy ajrim (xabarnoma) chiqarib, tegishli organlarga yuborishi lozim (FPKning 275-moddasi ).