Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda sudlar JK 81—90-moddalarida belgilangan xususiyatlarni inobatga olishlari shart. Sudlarga jinoyat sodir qilgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazo oʻrniga qonunda belgilangan majburlov choralarini kengroq qoʻllash tavsiya etilsin. Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash paytida JK 54-moddasida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, har bir muayyan holda, shuningdek uning rivojlanish darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasi, sogʻligʻi, jumladan, ruhiy rivojlanish darajasi, jinoyatni sodir etish motivlari, katta yoshdagi shaxslarning uning xulq-atvoriga salbiy taʼsiri haqidagi maʼlumotlar, shaxsiga taʼsir qiluvchi boshqa holatlar aniqlanishi va baholanishi lozim. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxs ish sudda koʻrilayotgan vaqtda voyaga yetgan boʻlsa ham, unga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati yoki miqdori JK 82—85-moddalarida belgilangan maksimal muddat va miqdorlardan oshishi mumkin emas. Bunda JK 57-moddasini qoʻllash talab etilmaydi, bundan sudlanuvchiga u aybdor deb topilgan JK Maxsus qismining moddasida nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazolarning tayinlanish hollari mustasno. Voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan shaxsga jinoyatlar majmui yoki bir necha hukm yuzasidan uzil-kesil jazo tayinlashda uning miqdori: jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolar — JK 82¹ , 83 va 84¹-moddalarida nazarda tutilgan muddat va miqdorlardan; ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo — JK 86-moddasining ikkinchi , uchinchi va toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlardan ortiq boʻlishi mumkin emas. Shaxs tomonidan bir necha jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari voyaga yetmagan, qolganlari voyaga yetgan davrda sodir etilgan boʻlsa, sud jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlayotganida avval JK 82—86-moddalari talablariga rioya etgan holda oʻn sakkiz yoshgacha sodir etilgan jinoyatlar uchun, keyin esa, voyaga yetgandan soʻng sodir etilga