Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrishda sudlar tomonidan hukm…

Ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrishda sudlar tomonidan hukm chiqarish paytida jazo tayinlashning umumiy asoslariga rioya qilinganligi, tayinlangan jazo jinoyatning ogʻirligi va mahkumning shaxsiga mutanosibligi sinchiklab tekshirilishi lozim. Sudning sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, yetkazilgan zarar miqdori, ayblanuvchining shaxsi, jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar, ayblov hajmi, ayb shakli, ishtirokchilikning turi va shakli haqidagi xulosalari notoʻgʻri deb topilgan va shu munosabat bilan hukmga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi oʻz qarorini asoslantirgan holda mahkumga nisbatan tayinlangan jazoni yengillashtirish masalasini muhokama qilishi shart.